Publication Details
Publisher: International Conference on Linguistics, Literature And Translation (London)
Issue: Vol 20, No (2025)

Abstract

Mazkur maqola leksik ontologiyalarni shakllantirishdagi metodologik muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlangan. Unda WordNetning anʼanaviy tezauruslardan farqli jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, leksik birliklarning konseptual-semantik munosabatlar (sinonimiya, antonimiya) asosida sinsetlarga guruhlanishi yoritiladi. Tadqiqotning markaziy qismi WordNet tipidagi resurslarni yaratish tajribasiga qaratilgan boʻlib, bunda turli tillar (Turkcha KeNet, Arab WordNet (AWN) va Oʻzbek tili uchun UzWordNet) misolida yuzaga kelgan asosiy qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish strategiyalari solishtiriladi. Maqola WordNet loyihalarini amalga oshirishdagi metodologik tanlovlar va ularning kompyuter lingvistikasi, shuningdek, mashina tarjimasi va leksikografiya sohalari uchun ahamiyatini ochib beradi.

Keywords
tezaurus wordnet tuzilishi WordNet KeNet AWN birlashtirish