Publication Details
Publisher: International Conference on MODERN EDUCATION AND INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES"

Abstract

Mazkur maqolada xorijiy til o‘rgatish jarayonida sun’iy intellekt va raqamli platformalardan foydalanishga oid innovatsion yondashuvlar tizimli tahlil qilinadi. Global va milliy miqyosdagi amaliy tajribalar asosida til o‘rgatishda Natural Language Processing, adaptiv algoritmlar, chatbotlar va ovoz tanish tizimlarining samaradorlik darajasi ochib beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, raqamli ta’lim resurslari va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida sun’iy intellekt texnologiyalarining amaliyotga joriy etilishi holati yoritiladi. Maqolada mavjud imkoniyatlar bilan bir qatorda, mavjud infratuzilma, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi va til o‘rgatish jarayonining mahalliy kontekstda moslashtirilmaganligi kabi dolzarb muammolarga ham e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt texnologiyalarining samarali joriy etilishi xorijiy til kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi va bu borada tizimli strategik yondashuv zarurdir.